Suhbat imtihoni

Suhbat imtihoni: kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi 2020-yil 7 - 9 sentabr kunlari bo’ladi.

  • 2020-yil 7-sentabr - “Koreys tili va menejment” fakultetida
  • 2020-yil 8-sentabr - “Maktabgacha ta’lim” (kunduzgi bo’lim) fakultetida
  • 2020-yil 9-sentabr - “Maktabgacha ta’lim” (kechki bo’lim) fakultetida
  • 2020-yil 9-sentabr - “Arxitektura” fakultetida

Suhbat imtihoni vaqti: har xil. Abituriyentlar 3-sentabrga qadar (kun oxiriga qadar) sms-xabar orqali alohida xabardor qilinadi.

Suhbat o’tkazish shakli: onlayn

Suhbat imtihonini o’tkazish uchun ilova: Microsoft Teams. Suhbat imtihoni belgilangan vaqtida abituriyent universitetdan bo’ladigan qo’ng’iroqni kutishi kerak.

* Eslatib o’tamiz, Microsoft Teams ilovasiga kirish uchun quyidagilarni kiritish kerak:

Login: abituriyentning ro’yxatga olish raqami@but.uz (masalan, 2020123456@but.uz)

Parol: but2020* (parol hamma hamma uchun bir xil)

Abituriyentning yonida pasport bo’lishi kerak.

Suhbat imtihoni tafsilotlari:

  • Suhbat imtihoni guruhlarda o’tkaziladi. Har bir guruhda 10 nafar abituriyent, 3 nafar o’qituvchi, 1 nafar tarjimon va 1-2 nafar yordamchi bo’ladi.
  • Bir guruh uchun suhbat davomiyligi: 30 minut
  • Savollar soni: har bir abituriyentga o’rtacha 1-2 ta savol beriladi.
  • Javob berish uchun ajratilgan vaqt: 1-2 minut

Suhbat imtihoni vaqti boshqa oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlariga to’g’ri keladigan abituriyentlar 5-sentabr (soat 18:00) ga qadar 951963601 raqamlariga qo’ng’iroq qilib universitet bilan bog’lanib xabar berishi va tasdiqlanishi kerak. Suhnbat imtihoni vaqti boshqa soatga o’tkaziladi lekin suhbat imtihoni kuni o’zgarishsiz qoladi.

Suhbat imtihoniga kechikkan abituriyentlar universitet bilan 951963601 telefon raqamlari orqali bog’lanishlari kerak. Kechikkan abituriyentlar uchun suhbat imtihoni eng oxirida bo’ladi.

*Test sinovlaridan o’tmagan yoki test sinovlari qoidalarini buzgan abituriyentlar suhbat imtihoniga qo’yilmaydi.

Hurmat bilan, Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma’muriyati