O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasidagi Puchon universitetiga tashrif buyurdi

24 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Buzrukxanov S. M. boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasidagi Puchon universitetiga tashrif buyurdi.

             Tashrif doirasida oliy o'quv yurti Prezidenti Janob Xan bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori Nam V. V., shuningdek davlat idorasi va bosh universitetning boshqa rahbar shaxslari ishtirok etdilar.

             Muzokaralar yakunida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti o'rtasida kelishuv imzolandi, unga ko'ra tomonlar qo'shma ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalar tashkil etish, Koreya ta'lim tizimida qo'llaniladigan eng yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, professor-o'qituvchilar va talabalar uchun akademik harakatchanlik, va shu bilan birga Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi xalqlarining tili, tarixi, madaniyati, ta’lim tizimi va hayotining boshqa jihatlari bilan toʻliq tanishish uchun talabalar almashinuvini tashkil etish sohalarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

             O'zbek delegatsiyasining Koreya Respublikasidagi Puchon universitetiga bo`lgan tashrifi natijasida oliy o'quv yurti hududi bo'ylab ekskursiya o'tkazilib, oliy ta`lim muassasasi tomonidan mamlakat iqtisodiyoti uchun turli sohalarda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda foydalaniladigan universitetning moddiy-texnik bazasi, zamonaviy imkoniyatlari bilan tanishish imkonini berdi.