2022-2023 o’quv yili uchun 3-qabul kirish imtihonlari

Hurmatli abituriyentlar,
Toshkent shahridagi Bucheon Universiteti rahbariyatining qaroriga binoan, 2022-2023 o‘quv yili abituriyentlar uchun kirish imtihonlari tafsilotlari tasdiqlandi. Sizdan barcha tafsilotlarni diqqat bilan o‘qib chiqishingizni so‘raymiz.

1-BOSQICH - Test sinovlari:

O’zingiz bilan faqat pasport/ID karta asl nusxasini olib keling.
Test sinovlari o’tkaziladigan sana: 30 avgust (seshanba), 2022-yil
Kelish vaqti: 9:30
Test sinovlari boshlanish vaqti: 10:00
O’tkazilish joyi: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi
Manzil: Toshkent,Yunusobod tumani, Bog`ishamol ko`chasi,12
Mo`ljal: International Hotel mehmonxonasi, Bodomzor masjidi
Eng yaqin metro bekati: Yunusobod yo‘lining “Bodomzor” bekati

Hujjat topshirish jarayonida til sertifikatlarini topshirgan abituriyentlar test sinovidan ozod qilinadi.

Test sinovlari haqida:

  • Test sinovlari fani: “Maktabgacha ta’lim”, “Diyetologiya va nutritsiologiya” va “Arxitektura” fakultetlari abituriyentlari uchun ingliz tili, “Koreys tili va menejment” fakulteti abituriyentlari uchun koreys tili
  • Davomiyligi: 90 daqiqa
  • Savollar soni: 60 ta
  • Maksimal ball : 60
  • Test sinovlari leksika, grammatika va o’qish bo’yicha bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, test sinovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi tomonidan o’tkazilinadi. Kelgandan keyin va test sinovlari vaqtida abituriyentlar Davlat Test Markazi qoidalariga rioya qilishlari shart.

2-BOSQICH - Suhbat:

O’zingiz bilan faqat pasport/ID karta asl nusxasini olib keling.

Suhbat imtihoni o‘tkaziladigan sana: 31-avgust (chorshanba), 2022-yil
Suhbat imtihoni vaqti: Abituriyentlar guruhlarga bo‘linib, suhbat vaqti haqida sms-xabar orqali individual ravishda xabardor qilinadi.
O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Puchon Universiteti
Universitet manzili: Toshkent, Chilonzor tumani, 17-daha,Qatortol-2 tor ko‘cha, 38A uy.
Mo‘ljal: “Mevazor” mahallasi, shahar bojxonasi
Eng yaqin metro bekati: Chilonzor yo‘lining “Chilonzor” bekati

Suhbat imtihoni tafsilotlari:

  • Maksimal ball: 60 ball
  • Suhbat mohiyati: suhbat umumiy psixologik xarakterga ega bo‘lib, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus fanlarga oid savollar bo‘lmaydi. Javob uchun ajratilgan vaqt: suhbat vaqti qat’iy cheklangan. Javob berish uchun har bir abituriyentga uch daqiqagacha vaqt (uning ichiga tarjima ham kiradi) beriladi. Agar abituriyent javobi belgilangan vaqtdan oshib ketsa, professorlar uning javobini to‘xtatishi mumkin.
  • Suhbat tili: abituriyent o‘zi uchun qulay bo‘lgan tilda javob berishi mumkin. Suhbatda universitet tarjimonlari ishtirok etishadi, zarur bo‘lsa, tarjima qilishda yordam berishadi. Javob tili bahoga ta’sir qilmaydi. Koreys tili va menejmenti fakulteti bundan mustasno, chunki bu bo'limda koreys tilini bilish shart, professorlar koreys tilida javob berishni so’rashlari mumkin.
  • Tashqi ko‘rinish: qat’iy belgilangan forma yo‘q. Biroq, rasmiy uslubda bo‘lgani maqul.

Universitet hududida o‘zini tutish qoidalari:

  • Suhbat davomida turli aloqa vositalari, tele /yoki radio-aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan man qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun +998781504002 yoki +98951963601 raqamlariga qo’ng’iroq qiling. Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Bucheon Universiteti ma’muriyati.