2022-2023 o’quv yili uchun 2-qabul kirish imtihonlari

Hurmatli abituriyentlar,
Toshkent shahridagi Bucheon Universiteti rahbariyatining qaroriga binoan, 2022-2023 o‘quv yili abituriyentlar uchun kirish imtihonlari tafsilotlari tasdiqlandi. Sizdan barcha tafsilotlarni diqqat bilan o‘qib chiqishingizni so‘raymiz.

1-BOSQICH - Suhbat:

O’zingiz bilan faqat pasport asl nusxasini olib keling.

  • Suhbat imtihoni o‘tkaziladigan sana: 14-iyul (payshanba), 2022-yil
  • Suhbat imtihoni vaqti: Abituriyentlar guruhlarga bo‘linib, suhbat vaqti haqida sms-xabar orqali individual ravishda xabardor qilinadi.
  • O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Puchon Universiteti (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji binosi)
  • Universitet manzili: Toshkent, Chilonzor tumani, 17-daha,Qatortol-2 tor ko‘cha, 38A uy.
  • Mo‘ljal: “Mevazor” mahallasi, shahar bojxonasi
  • Eng yaqin metro bekati: Chilonzor yo‘lining “Chilonzor” bekati

Suhbat imtihoni tafsilotlari:
  • Suhbat mohiyati: suhbat umumiy psixologik xarakterga ega bo‘lib, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus fanlarga oid savollar bo‘lmaydi.
  • Javob uchun ajratilgan vaqt: suhbat vaqti qat’iy cheklangan. Javob berish uchun har bir abituriyentga uch daqiqagacha vaqt (uning ichiga tarjima ham kiradi) beriladi. Agar abituriyent javobi belgilangan vaqtdan oshib ketsa, professorlar uning javobini to‘xtatishi mumkin.
  • Suhbat tili: abituriyent o‘zi uchun qulay bo‘lgan tilda javob berishi mumkin. Suhbatda universitet tarjimonlari ishtirok etishadi, zarur bo‘lsa, tarjima qilishda yordam berishadi. Javob tili bahoga ta’sir qilmaydi. Koreys tili va menejmenti fakulteti bundan mustasno, chunki bu bo'limda koreys tilini bilish shart, professorlar koreys tilida javob berishni so’rashlari mumkin.
  • Tashqi ko‘rinish: qat’iy belgilangan forma yo‘q. Biroq, rasmiy uslubda bo‘lgani maqul.
Universitet hududida o‘zini tutish qoidalari:
  • Suhbat davomida turli aloqa vositalari, tele /yoki radio-aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan man qilinadi.

2-BOSQICH - Test sinovlari:

O’zingiz bilan faqat pasport asl nusxasini olib keling.

  • Test sinovlari o’tkaziladigan sana: 15-iyul (juma), 2022-yil
  • O’tkazilish joyi: keyinroq e’lon qilinadi
  • Test sinovlari boshlanish vaqti: keyinroq e’lon qilinadi
  • Manzil: keyinroq e’lon qilinadi

Test sinovlari haqida:

  • Davomiyligi: 90 daqiqa
  • Savollar soni: 60 ta
  • Test sinovlari fani: “Maktabgacha ta’lim”, “Arxitektura” va “Diyetologiya va nutritsiologiya” fakultetlari abituriyentlari uchun ingliz tili, “Koreys tili va menejment” fakulteti abituriyentlari uchun koreys tili
  • Test sinovlari leksika, grammatika va o’qish bo’yicha bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, test sinovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi tomonidan o’tkazilinadi. Kelgandan keyin va test sinovlari vaqtida abituriyentlar Davlat Test Markazi qoidalariga rioya qilishlari shart.

Shaxsiy test natijalari universitet veb-saytidagi shaxsiy kabinetda mavjud bo'ladi.

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun +998781504002 yoki +98951963601 raqamlariga qo’ng’iroq qiling.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Bucheon Universiteti ma’muriyati.