2024-2025 o’quv yili uchun ikkinchi qabul kirish imtihonlari

Qadrli abituriyentlar,
mamnuniyat ila test va suhbat imtihon sanalarini e`lon qilamiz!
Sizdan barcha tafsilotlarni diqqat bilan o‘qib chiqishingizni so‘raymiz...

1 BOSQICH - Test sinovlari:

O’zingiz bilan faqat PASPORT/ID KARTA ASL NUSXASINI olib keling.

  • Test sinovlari o’tkaziladigan sana: 15-avgust (payshanba), 2024-yil
  • O’tkazilish joyi: Bilim va malakalarni baholash agentligi( eski Davlat test markazi)
  • Kelish vaqti :  9:00 (kech qolmang)
  • Manzil: Yunusobod tumani, Bog`ishamol ko`chasi, 12.
  • Mo'ljal: Bodomzor metro bekati

Eslatib o’tamiz, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o’tkazilinadi. Kelgandan keyin va test sinovlari vaqtida abituriyentlar agentlik qoidalariga rioya qilishlari shart.

2 BOSQICH - Suhbat:

O’zingiz bilan faqat pasport/ID karta asl nusxasini olib keling.

  • Suhbat imtihoni o‘tkaziladigan sana: 16-avgust (juma), 2024-yil
  • Suhbat imtihoni vaqti: Har bir abituriyentga sms-xabar orqali yuboriladi.
  • O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Puchon Universiteti (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji binosi)
  • Universitet manzili: Toshkent, Chilonzor tumani, 17-daha,Qatortol-2 tor ko‘cha, 38A uy.
  • Mo‘ljal: “Mevazor” mahallasi, shahar bojxonasi
  • Eng yaqin metro bekati: Chilonzor yo‘lining “Chilonzor” bekati

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun +998781504002 yoki +98951963601 raqamlariga qo’ng’iroq qiling.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma’muriyati.