Universitetda karantinni uzaytirilishi

Sizga shuni ma'lum qilamizki, joriy yilning 16-mart kuni e'lon qilingan ikki haftalik karantin 2020-yil 10-aprelgacha uzaytirildi. Keyingi faoliyat

O'zbekistonda COVID-19 bilan bog'liq vaziyat o'zgarganda e'lon qilinadi.

Sizga shuni eslatib o'tamiz:

  • Universitet hududi va yotoqxonaga kirish barcha talabalar, o‘qituvchilar, abituriyentlar va ularning ota-onalari va boshqalar uchun yopiq
  • Barcha ma’lumotnomalar, kvitansiyalar va boshqa hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi va yuboriladi
  • Universitet talabalari ishtirokidagi barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinadi
  • Universiteti ma'muriyati masofaviy ishlash tizimiga o'tadi. Biz bilan bog'lanish uchun:
    1. 951963601 telefon raqamiga ish kunlari davomida (dushanbadan jumagacha, 09:00 dan 18:00 gacha)
    2. Telegram messenjeri orqali @but_admission
    3. www.but.uz veb-saytimizga xabaringizni yozib qoldirish orqali

Hurmat bilan,

Toshkent shahridagi Puchon universiteti ma'muriyati.