1-qabul kirish imtihonlar haqida

Kirish imtihonlarini topshirishda hammaga teng imkoniyat  yaratish uchun universitet rahbariyati Davlat Test Markazi bilan birgalikda imtihonlarni oflayn tarzda o‘tkazishga qaror qildi. Shu sababli universitetga birinchi qabul jarayonida hujjat topshirgan abituriyentlardan   test sinovlarini o’tkazish  uchun maxsus ruxsatnoma olinib,  Davlat Test Markazi bilan birgalikda test sinovlarini o‘tkazish kunlari to‘g‘risida muzokaralar olib borildi.

Biroq, 1-avgustgacha karantin  keng miqyosda kuchaytirilishi tufayli universitet rahbariyati kirish imtihonlarini  avgust oyining ikkinchi yarmiga qoldirishga majbur.

Kirish imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish paytida barcha zarur sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi qoidalariga rioya qilinadi. Aniq sanalar keyinroq e'lon qilinadi. Imtihonlarni o‘tkazish kunlari va shartlari Davlat Test Markazi bilan kelishiladi va Respublikadagi COVID-19 holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Hurmat bilan, Toshkent shahridagi Puchon universitet ma’muriyati.