Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi

Hurmatli abituriyentlar,
Quyida kirish imtihonlarining birinchi bosqichi - test sinovlari to'g'risida ma'lumot berilgan:

  • Test sinovlari o’tkaziladigan sana: 12-aprel, 2021-yil
  • Test sinovlari o’tkaziladigan joyga kelish vaqti:
    Birinchi smena: (“Maktabgacha ta’lim” va “Arxitektura” fakultetlari uchun) - 9:00
    Ikkinchi smena: (“Koreys tili va menejment” fakulteti uchun) - 13:00
  • Test sinovlari boshlanish vaqti:
    Birinchi smena: (“Maktabgacha ta’lim” va “Arxitektura” fakultetlari uchun) - 10:00
    Ikkinchi smena: (“Koreys tili va menejment” fakulteti uchun) - 14:00
  • O’tkazilish joyi: Davlat Test Markazi
  • Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Bog’ishamol ko’chasi, 12
  • Mo’ljal: “Bodomzor” masjidi, “Interkontinental” mehmonxonasi, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU)
  • Eng yaqin metro bekati: Yunusobod yo’lining “Bodomzor” bekati.

O’zingiz bilan faqat pasport asl nusxasi va tibbiy niqob olib keling.

Test sinovlari haqida:

  • Davomiyligi: 90 daqiqa
  • Savollar soni: 60 ta
  • Test sinovlari fani: “Maktabgacha ta’lim” va “Arxitektura” fakultetlari abituriyentlari uchun ingliz tili, “Koreys tili va menejment” fakulteti abituriyentlari uchun koreys tili
  • Test sinovlari leksika, grammatika va o’qish bo’yicha bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, test sinovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi tomonidan o’tkazilinadi. Kelgandan keyin va test sinovlari vaqtida abituriyentlar Davlat Test Markazi qoidalariga rioya qilishlari shart.

Shaxsiy test natijalari universitet veb-saytidagi shaxsiy kabinetda mavjud bo'ladi.

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun +998781504002 yoki +98951963601 raqamlariga qo’ng’iroq qiling.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma’muriyati.