Birinchi kurs talabalari uchun e’lon

Hurmatli birinchi kurs talabalari,
Sizlarga 2022-2023 - o’quv yili boshlanishi haqida e’lon qilishdan mamnunmiz!
Quyida universitetimizda sizlarga o’qishni boshlash uchun kerak bo’ladigan umumiy ma’lumot berilgan.

O’quv yili boshlanish sanasi: 5-sentyabr, 2022-y.
O’qish formati: offline
Guruhlar bo’yicha taqsimlanish: guruhlar bo’yicha taqsimlanish va dars jadvali sizga 31-avgust individual ravishda sms orqali yuboriladi.
Tashqi ko’rinish: universitetda qat’iy belgilangan forma yo’q. Lekin tartibli tashqi ko’rinish maslahat beriladi. Sport va plyaj kiyimlariga ruxsat berilmaydi.

Dars boshlanish vaqti
Arxitektura 09:00
Maktabgacha ta’lim (kunduzgi bo’lim)
Koreys tili va menejment
Dietologiya va nutrisiologiya
Maktabgacha ta’lim (kechki bo’lim) 18:30

Tanishtiruv suhbati
Birinchi kurs talabalarini Universitet, uning qoidalari, ta’lim tizimi va professorlar tarkibi bilan tanishtirish maqsadida 5-sentyabr kuni har bir fakultetda tanishtiruv suhbatlari o’tkaziladi. O`tkazilish jadvali quyida keltirilgan:

Fakultet O`tkazilish vaqti O`tkazilish joyi
maktabgacha ta’lim (kunduzgi bo’lim) 10:00

faollar zali

(mamuriy binodagi 3 qavat)

arxitektura 13:00
dietologiya va nutrisiologiya 14:30
koreys tili va menejment 16:00
maktabgacha ta’lim (kechki bo’lim) 17:30

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma’muriyati.