SIRTQI BO’LIMI ABITURIYENTLARI UCHUN MA’LUMOT

Hurmatli abituriyentlar,

Universitetimizga qabul natijalarini e’lon qilishdan mamnunmiz. Imtihon natijalari va abituriyentlar reytingidagi o’rningizni universitetimiz veb-saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali tekshirishingiz mumkin.

Shaxsiy kabinetga kirish uchun:

  • Quyidagi havola bo’yicha kiring;
  • Login va parolingizni kiriting (login va parol ro’yxatdan o’tilganda yuborilgan sms xabarda ko’rsatilgan).

Abituriyentlar reytingini tuzish uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanildi:

1. Kollej/litsey/maktab baholarining o’rtacha balli; 

2.Tanlangan sohadagi ish tajribasi (oylarda). Ushbu ko'rsatkich bir xil o'rtacha ball to'plagan abituriyentlar o'rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilishda hal qiluvchi omil bo'ldi; 

3.Ro’yxatdan o’tish kuni va vaqti. Bir xil o’rtacha ball va ish tajribasiga ega bo’lgan abituriyentlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilishda yechim bo’ldi. 

** O’QISHGA QABUL QILINGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA 

Universitetimizga o’qishga kirgan talabalarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatish uchun universitet bilan shartnoma tuzishga taklif qilinadi.

Shartnoma tuzish muddati: 16-30 noyabr, 2023 y.

O’qishga qabul qilingan 30-noyabrga qadar universitet bilan shartnoma tuzishi kerak. Universitet ushbu majburiyatni bajarmagan abituriyentni o‘qishga kirganlar safidan chiqarib, kutish ro‘yxatida turgan abituriyent bilan shartnoma tuzish huquqiga ega. 

·         Shartnomani tuzish tartibi: dushanba- juma, 10:00 - 17:00. Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00;

·         Universitet manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2 ko’chasi, 38А berk (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji binosi ). Mo’ljal: shahar bojxonasi;

·         Shartnoma tuzishdan oldin abituriyentlarga shartnoma shartlari haqida konsultatsiya beriladi;

·         Abituriyentning yonida:
             - pasport/ID karta
             - diplom (attestat)ning asl nusxasi va baholar ilovasi
             - 086 tibbiy ma’lumotnosi bo’lishi shart.
 *Diplom (attestat)ning asl nusxasi va baholar ilovasi Universitetda qoladi. 

Hurmat bilan,

Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.