Ta'lim xizmatlari ko'rsatish bo'yicha shartnoma tuzish haqida ma'lumot

2019-2020 o'quv yilida ikkinchi qabul kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar diqqatiga.


6 dan 16 avgustgacha ta'lim xizmatlari ko'rsatish bo'yicha shartnoma tuziladi. Belgilangan vaqt ichida universitet bilan shartnoma tuzmagan barcha talabalar avtomatik ravishda chiqarib yuboriladi va kutish ro'yxatidagi talabalar chaqiriladi.

- Ta'lim olish uchun oldindan to’lanadigan to'lov sifatida xizmat qiladigan kafolat to'lovi ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha shartnoma imzolangan kundan boshlab 2 (ikki) hafta mobaynida to'lanishi kerak.

- Kafolat to'lovi universitetda plastik kartochka orqali yoki bankdan pul o'tkazish yo'li bilan to'lanadi.

 - 18 yoshga to`lmagan talabalar ota- onalaridan biri bilan birga kelishi zarur.

To`lov – shartnomani to`lashning 4 hil usuli mavjud:

1) Yillik to`lov shartnoma to`lovining 50 % ni shartnoma tuzilgan kundan bo'shlab 10 bank ish kun ichida to'lov + yillik to`lovning 50% ni 2020 yilning 1 fevralgacha

2) 100% to`lov

3) Ota- onasining oyligidan pul o`tkazish yo`li orqali to`lov qilish

4) ta`lim krediti olish yo`li bilan to`lov qilish

To`lovni terminal orqali yoki Unversitet hisob- raqamiga pul ko`chirish yo`li orqali Unversitetining o`zida amalga oshirish imkoni mavjud.

O`qishga kirgan barcha talabalar ko`rsatilgan muddatda Unversitet bilan shartnoma tuzmagan holatda talabalik safidan ogohlantirishsiz chiqariladi va ularning o`rniga  kutish ro`yhatidagi talabalar chaqiriladi.

Talabalar 18 yoshga to`lmagan bo`lsa, shartnoma tuzishga ota-onalari bilan birga kelishlari lozim.

Kutish ro`yhati talabalar 20 avgustdan 30 avgustgacha chaqiriladi. (telefon orqali)

Shartnoma tuzishning ikki yo'li:
1. Offlayn: talaba yoki uning ota-onasi talabaning passport asl nusxasi, shuningdek uning ro'yxatdan o'tganlik haqidagi kvitansiya bilan kelishi mumkin. Agar shartnoma to'lovchi ota yoki ona bo'lsa, ota-ona pasportining asl nusxasi, shuningdek STIR (INN) ni ham olib kelishlari shart.
Shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish Toshkent shahridagi Puchon Universitetida o'tkaziladi (sobiq Yunus Radjabiy nomidagi pedagogika kolleji).
Manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Qatortol-2 ko’chasi, 38A.
Mo’ljal: Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Shartnomalarni rasmiylashtirish muddati: 6-16 avgust / dushanba - juma / 10:00 dan 17:00 gacha (soat 12:00 - 13:00 tushlik vaqti). 

2. Onlayn: ariza topshiruvchi ro’yxatdan o’tganlik haqidagi kvitansiyasini skaner qilingan nusxasini Universitetning telegram raqamiga yuboradi. Agar shartnomani to'lovchi ota yoki ona bo'lsa, u holda ham ota-ona pasporti va STIR (INN)ning skaner qilingan nusxasini yuborishingiz kerak. Kerakli barcha hujjatlar mavjud bo’lsagina, universitet xodimlari shartnomani tuzadi va kontraktning skaner qilingan nusxasini abituriyentga yuboradi. Ariza topshiruvchi o'z yashash joyidagi har qanday bankda to'lovni amalga oshirishi mumkin.
*** Talaba va uning ota-onasi Toshkentga kelgan vaqtida ta'lim xizmatlarini taqdim etish bo'yicha dastlabki shartnomaning asl nusxasini imzolashi shart, shuningdek, uni olib ketish huquqiga ega.
Ushbu xizmat Toshkent shahridan tashqarida istiqomat qiluvchi abituriyentlarga mo'ljallangan.
Onlayn anketalar uchun ochilgan soatlar: 6-16 avgust  / Dushanba - Juma / 10:00 dan 17:00 gacha
Universitetning telegram raqami +99895 1963601 


Hurmat bilan

Toshkent shahridagi Puchon universitet ma'muriyati.