Qo’shimcha qabul uchun suhbat imtihoni

Hurmatli abituriyentlar,
Quyida qo’shimcha qabulning suhbat imtihoni to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Suhbat imtihoni o‘tkaziladigan sana va vaqt:

  • 13-oktyabr (chorshanba), 15:00 - “Arxitektura” fakulteti;
  • 13-oktyabr (chorshanba), 17:00 - “Koreys tili va menejment” fakulteti;
  • 15- oktyabr (juma), 10:00 - “Maktabgacha ta’lim” (kechki bo’lim) fakulteti;
  • 15-oktyabr (juma), 14:00 - “Maktabgacha ta’lim” (kunduzgi bo’lim) fakulteti;

O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Puchon Universiteti (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji binosi)
Universitet manzili: Toshkent, Chilonzor tumani, 17-daha,Qatortol-2 tor ko‘cha, 38A uy.
Mo‘ljal: Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, shahar bojxonasi
Eng yaqin metro bekati: Chilonzor yo‘lining “Chilonzor” bekati

Suhbat imtihoni tafsilotlari:

  • Format: offlayn
  • Suhbat mohiyati: suhbat umumiy psixologik xarakterga ega bo‘lib, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus fanlarga oid savollar bo‘lmaydi.
  • Suhbat tili: abituriyent o‘zi uchun qulay bo‘lgan tilda javob berishi mumkin. Suhbatda universitet tarjimonlari ishtirok etishadi, zarur bo‘lsa, tarjima qilishda yordam berishadi. Javob tili bahoga ta’sir qilmaydi. Koreys tili va menejmenti fakulteti bundan mustasno, chunki bu bo'limda koreys tilini bilish shart, professorlar koreys tilida javob berishni so’rashlari mumkin.
  • Tashqi ko‘rinish: qat’iy belgilangan forma yo‘q. Biroq, rasmiy uslubda bo‘lgani maqul.
  • O‘zingiz bilan pasportning asl nusxasi va tibbiy niqob olib keling.

Universitet hududida o‘zini tutish qoidalari:

  • Universitet hududida va shu jumladan, suhbat vaqtida tibbiy niqobni yechish yoki tushirish qat’iyan man qilinadi. Universitet xodimlari abituriyentning shaxsini tasdiqlash uchun tibbiy niqobni yechishni so‘rashlari mumkinligi bundan isnisno;
  • Suhbatdan oldin, suhbat paytida va undan keyin ijtimoiy masofani saqlash;
  • Suhbat davomida turli aloqa vositalari, tele /yoki radio-aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan man qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun +998781504002 yoki +98951963601 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma’muriyati.