Suhbat jadvali

Hurmatli abiturientlar,
Suhbatning batafsil jadvalini taqdim etishdan mamnunmiz.
Suhbat o’tkazilish sanasi: 24 iyul
Suhbat o’tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Puchon Universiteti (eski Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji)
Bog’lanish: Toshkent, Chilonzor tumani, Qatortol 2-ko’chasi, 38A.
Mo’ljal: “Mevazor” mahallasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti. 

Suxbat o'tkaziladigan joyga eng kamida 30 minut oldin kelishi shart. 
Suhbat haqida:
·        Suhbat umumiy psixologik xususiyatga ega bo'ladi. Siz tanlagan sohangizga aloqador savollar bo’lmaydi.
·     Suhbat vaqti chegaralangan. Har bir student javobi uchun 1 daqiqa taqdim etiladi. Agar berilgan daqiqadan ortiq javob berilsa professor uning javobini qabul qilmasligi mumkin.
·        Abiturient xoxlagan tilida javobini berishi mumkin. Suhbatda universitet tarjimonlar bo’ladi.
·   O’zingiz bilan passport hamda ro’yxatdan o’tgan qog’ozingizni olib kelishingiz zarur (test kuni ro’yxatdan o’tgan qog’ozini qoldirib ketgan abituriyentlar suhbat kuniga qadar universitet xodimlariga murojaat qilishlari lozim).
·        Forma yo'q, ammo abiturientning ko'rinishi tartibli bo'lishi kerak (sohil uchun mo’jallangan kiyimlar va poyafzallarga ruxsat berilmaydi).
·        Barcha aloqa vositalari yoki boshqa tele va radioaloqa qurilmalari qat'iyan taqiqlanadi.
·     Zarur bo'lganda, hozirgi o'qish joyingizga taqdim etish uchun universitet xodimlari sinovni tasdiqlovchi sertifikat berishi mumkin (testdan so'ng universitet xodimlari bilan bog'lanishlari mumkin).
 
Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon universiteti ma’muriyati. 






  ARXITEKTURA



  MAKTABGACHA TA'LIM KECHGI VA KUNDUZGI



  MAKTABGACHA TA'LIM KUNDUZGI



  KOREYS TILI VA MENEJMENT