O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta`lim tashkilotlari rahbar va pedagog xodimlari uchun malaka oshirish kurslari

Zamonaviy jamiyat maktabgacha ta'lim tizimidagi o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyasiga sifat jihatidan yangi talablarni qo'ymoqda, bu esa, o'z navbatida, ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishi zarurligini kun tartibiga chiqaradi. Bugungi kun muammolari o‘qituvchidan yangi kompetensiyalarni o‘zlashtirish yoki mavjudlarini yuqori darajaga ko‘tarishda tez moslashuvchanlik va epchillikni talab qiladi. Bu jarayonda qo‘shimcha kasbiy ta’lim muhim o‘rinni egallaydi.

Maktabgacha ta'lim tizimi pedagoglarining malakasini oshirish uzluksiz ta'limni rivojlantirishning hozirgi tendensiyalariga tabiiy ravishda mos keladi. Toshkentdagi Puchon universitetida ta’limning asosiy tamoyili – ta’lim oluvchining qiziqishi va shaxsiy faolligidir.

Qo'shimcha kasbiy pedagogik ta'lim tizimini rivojlantirishning bir qancha yetakchi tendensiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • tinglovchilarning malaka oshirish dasturlarini tanlashda ongliligi va aniq bir maqsadni mo’ljallanganligi;
  • amaliyotga yo'naltirilgan dasturlarga talab;
  • faol o'qitish usullaridan maksimal darajada foydalanish.

Shu munosabat bilan, Toshkentdagi Puchon universitetida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog xodimlari uchun malaka oshirish kurslari ochilmoqda. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitish maxsus dasturlar bo‘yicha 144 soat miqdorida - to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) malaka oshirish shaklida ishdan uzilishlarsiz amalga oshiriladi.

Mashg'ulotlar 7-noyabrdan 30 noyabrgacha rus tilida, haftada 6 kun 16:00 dan 20:30 gacha o'tkaziladi.

Kursni tugatgandan so'ng, tinglovchilar test sinovi shaklidagi attestatsiyadan o'tishlari kerak.

Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga davlat na’munasidagi malaka sertifikati beriladi.

Guruhga ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz lozim:

  • ariza (ariza shakli ilova qilinadi);
  • pasport/ID karta nusxasi;
  • rasm 3*4;
  • oliy/o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • ish joyidan ma'lumotnoma.

  • Hujjatlarni onlayn va offlayn shaklda topshirishingiz mumkin.

    O‘qish narxi 2 200 000 so‘m.

Kontaktlar:
Fan va innovatsiyalar bo’limi - 415-xona

Kontaktlar: +998957991551

Pochta: prof_develop_course@bucheon.uz