«Talabalar ilm-fani: dolzarb masalalar, ijodiy g'oyalar, loyihalar va innovatsiyalar» Universitetlararo ilmiy - amaliy konferensiya

Toshkentdagi Puchon universiteti Fan va innovatsiyalar markazi OTMlararo talabalar konferensiyasi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

O'tkazilish sanasi: 2023-yil 28-aprel.

Konferensiya seksiyalari:

1-seksiya. Gumanitar fanlar (tarix fanlari, falsafa fanlari, filologiya fanlari, pedagogika fanlari, psixologiya fanlari, san'atshunoslik).

2-seksiya. Tabiiy va tibbiyot fanlari (kimyo fanlari, biologiya fanlari, tibbiyot fanlari, farmatsevtika fanlari, veterinariya fanlari, geologiya va mineralogiya fanlari, yer fanlari).

3-seksiya. Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar (iqtisodiy fanlar, yuridik fanlar, sotsiologiya fanlari, siyosatshunoslik fanlari, madaniyatshunoslik, qishloq xo'jaligi fanlari).

4-seksiya. Texnik va matematika fanlari (fizika-matematika fanlari, texnika fanlari, arxitektura, biotexnologiya, muhandislik).

Konferensiya tillari: o'zbek/rus/ingliz/koreys.

Ishtirokchilarga ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etganliklarini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.