SIRTQI BO’LIMDA O’QISH BOSHLANISHI HAQIDA

Hurmatli sirtqi bo’limi talabalari,
Universitetda o'qish boshlanishi haqida sizni mamnuniyat bilan xabardor qilamiz.
Quyida 2022-2023 o‘quv yilining birinchi semestriga oid ma’lumotlar keltirilgan.

2021-2022 O’QUV YILI BIRINCHI SEMESTRI

  • Semestr boshlanishi:
    - “Maktabgacha ta’lim” va “Menejment” fakultetlari talabalari uchun – 4-yanvar 2023-y.
    - “Axborot texnologiyalari”, “Elektron biznes” va “Multimedia va o'yin kontenti” fakultetlari talabalari uchun – 9-yanvar 2023-y.
  • O’qish joyi: Universitet bosh kampusi (Toshkent, Chilonzor tumani, 17-mavze, Qatortol-2 ko’chasi, 38A);
  • O’qish davomiyligi: 3 hafta (15 akademik kun);
  • Darslar dushanbadan jumagacha o’tkaziladi;
  • O’qish shakli: offline;
  • Guruhlar taqsimoti va dars jadvali semestr boshlanishidan oldin SMS orqali individual ravishda yuboriladi.

Birinchi o’qish kuni dasturi (04.01.2022)

10:00. Tanishtiruv suhbati. Faollar zali (3-qavat ma'muriy bino).

12:00 ~ 13:00. Tushlik uchun tanaffus.

13:00 ~ Darslarning boshlanishi (dars jadvali bo’yicha).

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma'muriyati.