2022-2023 o`quv yili uchun sirtqi ta`lim dasturi hujjatlarni qabul qilinishi

Sirtqi taʼlim dasturiga hujjatlarni qabul qilish boʻyicha koʻplab soʻrovlar kelib tushganligi munosabati bilan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Qabul komissiyasi

Hujjatlarni qabul qilish: 2022-yil 17-oktyabrdan 4-noyabrgacha bo'lib o'tadi

Hujjatlarni topshirish online (sayt orqali www.bucheon.uz) va offline universitetda amalga oshiriladi.

Hujjatlarni topshirish shartlari:

Ichki qoidalarga muvofiq, sirtqi ta’lim dasturiga hujjat topshirish uchun abituriyentlar tanlagan yo‘nalish bo‘yicha kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi va universitetda o‘qishning butun davri davomida ish bilan band bo’lishi kerak.

Masalan, maktabgacha ta’lim fakultetiga hujjat topshirish uchun abituriyent maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi/tarbiyachi yordamchisi/metodist/o‘qituvchi lavozimida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi va ish bilan band bo’lishi kerak. Universitetda o'qishning butun davri davomida maktabgacha ta'lim muassasasida ish bilan ta’minlangan shaxs maqomini saqlab qolishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. Pasport nusxasi.
  2. O'rta ma'lumot to'g'risidagi attestat/diplom nusxasi.
  3. Attestat/diplom baholar ilovasi nusxasi.
  4. Ish beruvchining tavsiyanomasi (tashkilot blankida, matn erkin shaklda).
  5. Mehnat daftarining barcha varaqlari nusxasi.
  6. Mehnat.uz saytidan ko’chirma.
  7. 3x4 rasm.
  8. 100.000 so’m ro’yxatdan o’tish to’lovi.

Fakultetlar haqida ma’lumot:

Fakultet nomi Kontrakt to’lovi O’qish davomiyligi Diplom
1 maktabgacha ta’lim 1,100$/yiliga 3 yil Toshkent shahridagi Puchon universiteti bakalavr diplomi
2 menejment 1,400$/yiliga 4 yil Toshkent shahridagi Puchon universiteti bakalavr diplomi
3 arxitektura 1,400$/yiliga 4 yil Toshkent shahridagi Puchon universiteti bakalavr diplomi


Tanlov shartlari:

  • Sirtqi bo’limida kirish imtihonlari o’tkazilmaydi.
  • Reyting attestat/diplom baholariga qarab tuziladi.
  • Bir xil baholar kuzatilgan holatda, ustunlik ko’proq ish tajribasiga ega bo'lgan nomzodlarga beriladi.

Savollar bo’yicha qabul komissiyasiga murojaat qiling: +998781504002, +998951963601.