Kirish imtihonlari haqidagi onlayn informatsion sessiya

Hurmatli abituriyentlar,
Universitetimizda kirish imtihonlari birinchi marta onlayn bo’layotganligi sababli test sinovlaridan oldin informatsion sessiya o’tkaziladi. Ushbu uchrashuvda universitet hodimlari:

  • Imtihonlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etishadi,
  • Ularni o’tkazilish qoidalari haqida aytishadi,
  • Abituriyentlarni imtihon o’tkazilinadigan Microsoft Teams ilovasi va shaxsiy kabinet bilan tanishtirishadi,
  • Uchrashuv so’ngida abituriyentlar savollariga javob berishadi.

Ushbu uchrashuvning maqsadi abituriyentlarni onlayn imtihonlar bilan maksimal tanishib chiqishlari va moslasha olishlari bo’lganligi sababli barcha abituriyentlarga onlayn sessiyaga ro’yxatdan o’tishlarini maslahat beramiz.

Qatnashish uchun havola orqali albatta ro’yxatdan o’tilishi kerak. Ro’yxatdan 24-avgust (dushanba) 12:00 gacha o’tish mumkin.

O’tkazilish sanasi: 25-avgust (seshanba)

Vaqt: har xil. 4ta sessiya o’tkazilinadi (2 ta rus tilida va 2 ta o’zbek tilida). Barcha sessiyalarning mazmuni bir xil, shu sababli ulardan bittasiga ro’yxatdan o’tish kifoya.

Uchrashuv joyi: Microsoft Teams ilovasi.

Uchrashuv davomiyligi: 1 soat 15 daqiqa atrofida.

Barcha ro’yxatdan o’tgan abturiyentlarga ro’yxatdan o’tilganlik tasdig’i va Microsoft Teams ilovasidan foydalanish haqidagi ko’rsatma yuboriladi. Uchrashuv tugagandan so’ng, uchrashuvda ko’rsatilgan barcha materiallar abituriyentlarga yuboriladi.

* Informatsion sessiya vaqti va tilini o’zgartirish uchun 951963601 telefon raqamlariga ish vaqtida murojaat qilishingiz mumkin.