2023-2024 o‘quv yili uchun birinchi abituriyentlar qabuli
2023-yilning 6-martdan 31-martgacha Toshkent shahridagi Puchon universitetiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lganlar uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Yo’nalishlar
- Maktabgacha ta’lim (kunduzgi bo’lim);
- Maktabgacha ta’lim (kechki bo’lim);
- Arxitektura;
- Koreys tili va menejment;
- Diyetologiya va nutrisiologiya;
- Axborot texnologiyalari;
- Multimedia va o’yin kontenti;
- Elektron biznes.
Kerakli hujjatlar ro'yhati
- Onlayn ariza;
- Pasport nusxasi;
- O‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning/litsey (kollej)ni tugatganligi to‘g‘risidagi diplom yoki o‘qish joyidan ma’lumotnomaning nusxasi (agar hujjatlarni topshirish vaqtida abituriyent bitiruvchi sinf o‘quvchisi bo‘lsa);
- Hujjatlar uchun fotosurat (3x4) - 1 dona;
- Roʻyxatdan oʻtish toʻlovi: 250 000 soʻm (Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini ikki usuldan birida to‘lash mumkin: naqd pulda/karta orqali (universitetda), universitet ma’lumotlari bo‘yicha to‘lov yo‘li bilan. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi qaytarilmaydi.).
Hujjatlarni topshirish (taqdim etilgan hujjatlarni topshirishning 2 usuli)
Hujjatlarni oflayn topshirish
2023 yil 6 mart - 31 mart, dushanba - juma, 10:00 - 17:00 (tushlik 12:00-13:00). Dam olish kunlari Shanba, yakshanba va bayram kunlari.
Hujjatlarni topshirish jarayoni
- Hujjatlarni to’liq to’plamini tayyorlash;
- Universitetga kelish;
- Konsultatsiya olish;
- Onlayn arizani to'ldirish va hujjatlarni taqdim etish;
- Ro’yhatdan o’tish to’lovini to’lash;
- Ro’yhatdan o’tishni tasdiqlash.
Qabul komissiyasining manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 17-kvartal, Qatartal-2 ko‘chasi, 38A bino (sobiq Rajabiy pedagogika kolleji). Mo’ljal: Shahar bojxona boshqarmasi, Singapur menejmentni rivojlantirish universiteti.
Onlayn hujjat topshirish
Hujjatlarni qabul qilish muddati va tartibi 6 martdan 31 martgacha, 2023 yil. Dam olish kunlari Hujjatlarni topshirish kechayu kunduz mavjud. Qabul qilingan arizalarni ko'rib chiqish dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.
Hujjat topshirish jarayoni
- Universitet veb-saytida ko'rsatilgan qabul haqida ma'lumotlarini o'qish;
- Anketani to'ldirish, fotosurat va kerakli hujjatlarni joylashtirish;
- Akkauntingizni faollashtirish uchun tasdiqlash kodini kiritish;
- Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini taqdim etilgan uchta usuldan birida toʻlash;
- Universitet xodimlari to‘lovni olganligi tasdiqlangach, abituriyent uchun onlayn ariza rasmiylashtiradi;
- Roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida SMS-xabarni olgach, abituriyentning shaxsiy kabinetidagi maʼlumotlarni tekshirish.
Konsultatsiya ish vaqtlari: Dushanba - Juma, 10:00 - 17:00
Aloqa uchun raqam: +998 78 150 40 02 / +998 95 196 36 01
Читать дальше
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год
-
Объявление для
студентов
первого курса
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год
-
Объявление для
студентов
первого курса
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год