Toshkent shahridagi Puchon Universitetiga 2022-2023 o‘quv yili uchun birinchi qabul

2022-yil 9-martdan 8-aprelgacha Toshkent shahridagi Puchon Universitetiga oʻqishga kirish istagida boʻlganlar uchun hujjatlar qabuli bo’lib o’tadi.

Umumiy ma’lumot

Fakultet nomi Shartnoma miqdori Kvota Ta'lim tizimi
1 Maktabgacha ta’lim (kunduzgi bo’lim) 2200$ 120 3 + 1
2 Maktabgacha ta’lim (kechki bo’lim) 2200$ 75 3 + 1
3 Arxitektura 3300$ 60 3 + 1
4 Koreys tili va menejment 3300$ 60 2 + 2

Ta’lim tizimi

3+1, 2+2 – noyob tizim bo‘lib, uning yordamida talabalar Toshkent shahridagi Puchon Universitetida 3 (2) yil, Puchon Universitetida (Koreya Respublikasi) 1 (2) yil tahsil olishlari mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza;
  2. Pasport nusxasi;
  3. O'qish joyidan ma'lumotnoma yoki o'rta ma'lumot to'g'risidagi attestat/diplom nusxasi;
  4. 3x4 rasm (1 dona);
  5. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi 250 000 so‘m (Hujjatlar qabuli tugagandan so'ng, ro'yxatdan o'tish to'lovi qaytarilmaydi).

Qo’shimcha hujjatlar (ixtiyoriy ravishda):

Quyidagi sertifikatlarni taqdim etgan abituriyentlar yozma imtihon (test sinovlari) topshirishdan ozod qilinadi:

Sertifikat nomi Fakultet Minimal o'tish balli/darajasi
1 ielts “Arxitektura” “Maktabgacha ta'lim” 5.5
2 topik “Koreys tili va menejment” 3
3 Universitetning til markazida ingliz tili kurslarini tamomlaganligi to'g'risidagi sertifikat* “Arxitektura” “Maktabgacha ta'lim” Intermediate O’tish balli: 80 dan
4 Universitetning til markazida koreys tili kurslarini tamomlaganligi to'g'risidagi sertifikat* “Koreys tili va menejment”
O’tish balli: 80 dan

*Puchon Universitetida til kurslarida abituriyentlarni tayyorlashning minimal muddati: 6 oy

Hujjatlar to’plamiga amaldagi sertifikatning nusxasi ilova qilinadi.

Hujjatlarni topshirish tartibi:

Hujjatlarni topshirish offline va online rejimda amalga oshiriladi. Hujjatlarni offline rejimda topshirish uchun universitetga quyidagi manzilga kelishingiz mumkin: Toshkent sh. Chilonzor t. 17-daha, Qatortol-2 ko’chasi, 38А uy (sobiq Y.Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji).

Mo’ljal: shahar bojxonasi, “Mevazor” mahallasi.

Hujjatlarni online topshirish universitet sayti (www.bucheon.uz) orqali amalga oshiriladi. Ro’yxatdan o’tish uchun:

  1. Telefon raqamini tasdiqlang;
  2. Arizani to'ldiring va barcha kerakli hujjatlarni yuklang;
  3. Kvitansiyani yuklab oling va ro'yxatdan o'tish to'lovini to'lang;
  4. Shaxsiy kabinetga to’langan kvitansiya rasmi/skrinshotini biriktiring.

Ikki ish kuni ichida siz to'lovingiz holati haqida SMS-xabar olasiz.

Sayt 24 soat ishlaydi. Taqdim etilgan hujjatlarni ko’rib chiqish ish soatlarida amalga oshiriladi.

Ish tartibi: dushanba - juma, 10:00 - 17:00.

Dam olish kunlari: shanba, yakshanba va dam olish kunlari.

Kontaktlar: +998 78 150 40 02 ; +998 95 196 36 01.

I bosqich: Test sinovlari.

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi yordamida o‘tkaziladi.

Fakultet Test sinovi fani Tafsilotlar
1 "Arxitektura" "Maktabgacha ta'lim" Ingliz tili Lug'at, grammatika va o'qish bo'yicha 60 ta savol
2 “Koreys tili va menejment” Koreys tili Lug'at, grammatika va o'qish bo'yicha 60 ta savol

Test sinovlari balli umumiy ballning 50% ni tashkil qiladi.

Test sinovi o‘tkazilish joyi: Davlat Test Markazi.

Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Bog’ishamol ko’chasi, 12, mo’ljal: “Bodomzor” masjidi, “International Hotel” mehmonxonasi, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU).

Test sinovlari aprel oyining ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.

II bosqich: Suhbat.

Universitet professorlari bilan suhbat balli umumiy ballning 50% ni tashkil qiladi.

Suhbat o'tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.

Suhbat aprel oyining ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.

Qabul natijalari

Abituriyentlar o’z qabul natijalarini individual ravishda universitet veb-saytidagi shaxsiy kabinetda tanishishlari mumkin.

O’qishni bitirish va diplom

Toshkent shahrida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar Toshkent shahridagi Puchon Universitetining bakalavr diplomiga ega bo‘ladilar.

Koreya Respublikasida o‘qishni davom ettirishga qaror qilgan talabalar Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomini oladilar.

Talabalar turar joyi

Universitet hududida respublika hududlaridan kelgan talabalar uchun 280 o’rinli zamonaviy, shinam talabalar turar joyi mavjud.