Toshkent shahridagi Puchon universiteti qoshida litsey ochilishi rejalashtirilmoqda!

Toshkent shahridagi Puchon universiteti qoshidagi litseyda sifatli ta’lim olishni xohlovchi barchani o‘qishga taklif qilamiz! Bizning o'quv dasturimiz IT sohasiga tegishli barcha kerakli fanlarni o'z ichiga oladi!

Bizda axborot texnologiyalari sohasida katta tajribaga ega o‘qituvchilar ishlaydilar, jihozlar va dasturiy ta’minot esa, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradi.

Dasturni amalga oshirish tartibi:

Ta'lim shakli O‘qish muddati O‘qish uchun to‘lov (yillik) O‘qish tili O‘rinlar soni
kunduzgi 2 yil 2600$ rus/o’zbek 96 ta

O‘quv dasturiga informatika va AKT, dasturlash asoslari, kompyuter dizayni, tadbirkorlik va biznes kabi boshqa ko‘plab fanlar kiradi.

Qabul talablari: quyidagi hujjatlarni taqdim qilish lozim:

  • attestat
  • 086 ma'lumotnoma
  • ota-ona yoki vasiyning pasporti
  • ariza
  • tug‘ilganlik haqida guvohnoma
  • fotosurat 3x4

Litseyga hujjatlar oflayn formatda Toshkent shahridagi Puchon universiteti (Chilonzor filiali) da qabul qilinadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati 1-iyuldan 29-iyulgacha.

Agar, Siz axborot texnologiyalari sohasida sifatli ta'lim olishni xohlasangiz, Toshkent shahridagi Puchon universiteti litseyiga o‘qishga kiring va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Qo‘shimcha axborot olish uchun aloqa vositalari: