2024-2025 o'quv yili uchun talabalar arizalarini qabul qilish

Toshkentdagi Puchon universiteti 2024-2025 o'quv yili uchun kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllariga arizalar qabul qilinganligini e'lon qiladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 1 aprel - 24 may 2024 y.
Hujjatlarni topshirish usuli:

  • onlayn (universitet veb-sayti orqali bucheon.uz)
  • oflayn (Toshkentdagi Puchon universiteti Asosiy kampusida)
    (Manzil: Chilonzor tumani, Qatortol -2 ko’chasi, 38 A).

KUNDUZGI ta’lim shakliga topshirish uchun kerakli bo’lgan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza;
  2. Pasport / ID karta nusxasi;
  3. O‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning/litsey (kollej)ni tugatganligi to‘g‘risidagi diplom yoki o‘qish joyidan ma’lumotnomaning nusxasi (agar hujjatlarni topshirish vaqtida abituriyent bitiruvchi sinf o‘quvchisi bo‘lsa);
  4. Hujjatlar uchun fotosurat (3x4) - 1 dona;
  5. Ro’yxatdan o’tish to’lovi-  350,000 so’m ; *Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini naqd pulda/karta (universitetda), universitet rekvizitlari yoki Payme orqali amalga oshirish mumkin. Roʻyxatdan oʻtish toʻlovi qaytarilmaydi;


SIRTQI ta’lim shakliga topshirish uchun kerakli bo’lgan hujjatlar:

  1. Pasport / ID karta nusxasi;
  2. O'rta ma'lumot to'g'risidagi attestat/diplom nusxasi;
  3. Attestat/diplom baholar ilovasi nusxasi;
  4. Ish beruvchi tavsiyanomasi (tashkilot blankida, matn erkin shaklda);
  5. Mehnat daftarchasi barcha varaqlari nusxasi;
  6. Mehnat.uz saytidan ko’chirma;
  7. Hujjatlar uchun fotosurat (3x4) - 1 dona;
  8. Ro’yxatdan o’tish to’lovi-  350,000 so’m; 
    * Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini naqd pulda/karta (universitetda), universitet rekvizitlari yoki Payme orqali amalga oshirish mumkin. Roʻyxatdan oʻtish toʻlovi qaytarilmaydi;


Tanlov shartlari:

  • Sirtqi bo’limida kirish imtihonlari o’tkazilmaydi;
  • Reyting attestat/diplom baholariga qarab tuziladi;
  • Bir xil baholar kuzatilgan holatda, ustunlik ko’proq ish tajribasiga ega bo'lgan nomzodlarga beriladi;


Qabul komissiyasi: +998781504002, +998951963601.

Hurmat bilan,

Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma’muriyati