5A 119300 – “Ta`lim muassasalarini boshqarish” mutaxassisligi bo`yicha magistratura dasturiga hujjatlarni qabul qilish 2023-yil 1-iyuldan boshlanadi va 25-iyulgacha davom etadi.

Toshkent shahridagi Puchon universitetida magistratura dasturi 5A 119300 – “Ta'lim muassasalarini boshqarish” mutaxassisligi bo'yicha amalga oshiriladi.

Magistratura dasturini amalga oshirish tartibi:

Guruhlar Ta’lim shakli O‘qish narxi
(yillik)
Yevro guruh / milliy guruh (20/20) kunduzgi 2600$
Yevro guruh / milliy guruh (30/30) sirtqi 1400$

O‘qitish tillari: ingliz, koreys, o‘zbek, rus

Qabul qilish talablari: quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim

  • ariza
  • pasport / ID nusxasi
  • tavsiyanoma
  • diplom (bakalavriat) + ilova (GPA 3.0-4.0).

Agar, talabgor quyidagi til sertifikatlaridan biriga ega bo'lsa: IELTS 5.5 / CEFR B2 / TOPIK 3, chet tili bo'yicha kirish imtihonlari topshirmaydi va maksimal ball bilan hisoblanadi.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ish staji (kamida 1 yil ish staji), ilmiy ishlar, sertifikatlar va mukofotlarning mavjudligi qabul paytida qo‘shimcha ball sifatida hisoblanadi.

Magistraturaga hujjatlarni qabul qilish 1-iyuldan 25-iyulgacha (onlayn/oflayn) amalga oshiriladi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun kontaktlar:

Toshkentdagi Puchon universiteti qoshidagi boshlang'ich maktab bu yil 1 va 2-sinflarga o‘quvchilarni qabul qilinadi. O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartiga muvofiq shakllantirilgan. Qo'shimcha mashg’ulotlar: tillar, raqslar, shaxmat, sport! Zamonaviy jihozlar va har bir bolaga individual yondashuv!