Qozoq Milliy Qizlar Pedagogika Universiteti va Toshkent shahridagi Puchon universiteti oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi!

2023-yil 19-oktabr kuni Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori V.V.Nam Qozog‘iston Milliy qizlar pedagogika universiteti rektori G.A. Kanai xonim boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Muzokaralar doirasida tomonlar ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlikning mumkin bo‘lgan imkoniyatlarini muhokama qilib, kadrlar tayyorlash borasidagi olib borilayotgan ishlar to`g`risida suhbat olib borishdi.

Mehmonlarga Toshkent shahridagi Puchon universiteti faoliyati haqida taqdimot, shuningdek, Qozog‘iston Milliy qizlar pedagogika universiteti delegatsiyasiga universitetning sifatli ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlari bilan tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirildi.

Rasmiy uchrashuv yakunida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi, unga koʻra tomonlar talabalar almashinuvi dasturlari, professor-oʻqituvchilarning amaliyot oʻtashlari va ta'lim sohasida ikki tomonlama loyihalarni joriy etish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Biz uzoq muddatli va samarali hamkorlikka umid qilamiz!