2022-2023 o’quv yili uchun abituriyentlarning birinchi qabul natijalari

Hurmatli abituriyentlar,
Universitetimizga qabul natijalarini e’lon qilishdan mamnunmiz. Imtihon natijalari va abituriyentlar reytingidagi o’rningizni universitetimiz veb-saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali tekshirishingiz mumkin.

Shaxsiy kabinetga kirish uchun:

  • Quyidagi ssilka  bo’yicha kiring;
  • Login va parolingizni kiriting (login va parol ro’yxatdan o’tilganda yuborilgan sms xabarda ko’rsatilgan).

** KIRISH IMTIHONLARINI MUVAFFAQIYATLI TOPSHIRGAN TALABALAR DIQQATIGA

Universitetimizga o’qishga kirgan talabalarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatish uchun universitet bilan shartnoma tuzishga taklif qilinadi.

Shartnoma tuzish muddati: 5 - 14 may , 2022-yil. (8-9 may ish kunlari emas ).

Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng, 14 - mayga qadar universitet bilan shartnoma tuzishi kerak. Universitet ushbu majburiyatni bajarmagan abituriyentni o‘qishga kirganlar safidan chiqarib, ro‘yxatda keyingi o‘rinda turgan abituriyent bilan shartnoma tuzish huquqiga ega.

shartnoma tuzish muddati: 05 - 14 may, 2022-yil.

quyida universitet bilan shartnoma tuzishning ikkita usuli keltirilgan

оflayn da shartnoma tuzish

оnlayn da shartnoma tuzish

(*ushbu imkoniyat toshkent shahar va toshkent viloyatidan tashqarida yashovchilar uchun mo’ljallangan)

  • shartnomani tuzish tartibi: dushanba - juma, 10:00 - 17:00. tushlik vaqti: 12:00 - 13:00;

  • universitet manzili: toshkent shahar, chilonzor tumani, 17-daha, qatortol-2 ko’chasi, 38а berk (sobiq yunus rajabiy nomidagi pedagogika kolleji binosi ). mo’ljal: shahar bojxonasi;

  • abituriyentning yonida pasport, diplom/attestatning asl nusxasi (agar mavjud bo’lsa) va 086 tibbiy ma’lumotnomasi bo’lishi shart;

  • shartnoma tuzishdan oldin abituriyentlar va ularning ota-onalariga shartnoma shartlari haqida konsultatsiya beriladi;

  • odamlar gavjumlashishini oldini olish maqsadida, shartnoma tuzishda maksimal ikki kishi ishtirok etishi mumkin: abituriyent va uning ota yoki onasi/vasiylaridan biri.

  • shartnoma tuzish tartibi: dushanba - juma, 10:00 - 17:00;

  • shartnomani onlayn ro’yxatdan o’tkazish telegram orqali amalga oshiriladi. abituriyentlar telegram (@bucheon_admission) ga murojaat qilishi, f.i.sh va qabul qilingan fakultetini to’liq yozishi kerak. shuningdek, abituriyent 086 tibbiy ma’lumotnomasi rasmini yuborishi kerak. diplom/attestatning asl nusxasi toshkentga kelgandan keyin taqdim etilishi shart;

  • navbat bilan universitet xodimlari shartnoma tuzadilar va to’ldirilgan shartnomaning skanerlangan nusxasini abituriyentga yuboradilar;

  • shartnoma shartlari bo’yicha konsultatasiya uchun telefon raqamlari +998(78) 150-40-02 va +998(95)1963601.

** KUTISH RO’YXATIDAGI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

Kutish ro’yxatidagi abituriyentlarni chaqirish 16 - maydan amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni kutish ro’yxatidan chaqirish reytingga muvofiq individual ravishda (telefon orqali) amalga oshiriladi.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.