2024-2025 O’QUV YILI UCHUN ABITURIYENTLARNING BIRINCHI QABUL NATIJALARI

** KIRISH IMTIHONLARINI MUVAFFAQIYATLI TOPSHIRGAN TALABALAR DIQQATIGA

Universitetimizga o’qishga kirgan talabalarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatish uchun universitet bilan shartnoma tuzishga taklif qilinadi.

Shartnoma tuzish muddati: 2-iyuldan 16-iyulgacha, 2024-yil.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng, 21 - iyulga qadar universitet bilan shartnoma tuzishi kerak. Universitet ushbu majburiyatni bajarmagan abituriyentni o‘qishga kirganlar safidan chiqarib, ro‘yxatda keyingi o‘rinda turgan abituriyent bilan shartnoma tuzish huquqiga ega.

Shartnoma tuzish muddati: 2-iyuldan 16-iyulgacha, 2024-yil.
Quyida universitet bilan shartnoma tuzishning ikkita usuli keltirilgan
ОFLAYN da shartnoma tuzish
ОNLAYN da shartnoma tuzish
(*ushbu imkoniyat Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan tashqarida yashovchilar uchun mo’ljallangan)
  • Abituriyentning yonida pasport, diplom/attestatning asl nusxasi va 086 tibbiy ma’lumotnomasi bo’lishi shart;
  • Shartnomani tuzish tartibi: dushanba - juma, 10:00 - 17:00. Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00;
  • Universitet manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2 ko’chasi, 38А berk (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji binosi ). Mo’ljal: shahar bojxonasi;
  • Shartnoma tuzishdan oldin abituriyentlar va ularning ota-onalariga shartnoma shartlari haqida konsultatsiya beriladi;
  • Odamlar gavjumlashishini oldini olish maqsadida, shartnoma tuzishda maksimal ikki kishi ishtirok etishi mumkin : abituriyent va uning ota yoki onasi/vasiylaridan biri.
  • Shartnoma tuzish tartibi: dushanba - juma, 10:00 - 17:00;
  • Shartnomani onlayn ro’yxatdan o’tkazish Telegram orqali amalga oshiriladi. Abituriyentlar Telegram (@bucheon_admission) ga murojaat qilishi, F.I.Sh va qabul qilingan fakultetini to’liq yozishi kerak. Shuningdek, abituriyent 086 tibbiy ma’lumotnomasi rasmini yuborishi kerak.
  • Diplom/attestatning asl nusxasi Toshkentga kelgandan keyin taqdim etilishi shart;
  • Navbat bilan universitet xodimlari shartnoma tuzadilar va to’ldirilgan shartnomaning skanerlangan nusxasini abituriyentga yuboradilar;

**KUTISH RO’YXATIDAGI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

Kutish ro’yxatidagi abituriyentlarni chaqirish 29 iyuldan - 2 avgustgacha  amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni kutish ro’yxatidan chaqirish reytingga muvofiq individual ravishda (telefon orqali) amalga oshiriladi.
Imtihon natijalari va abituriyentlar reytingidagi o’rningizni universitetimiz veb-saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali tekshirishingiz mumkin.

Shaxsiy kabinetga kirish uchun:

  • Quyidagi  ssilka  bo’yicha kiring;
  • Login va parolingizni kiriting (login va parol ro’yxatdan o’tilganda yuborilgan sms xabarda ko’rsatilgan).

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.