2022-2023 O’QUV YILI UCHUN AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI ABITURIYENTLARNING NATIJALARI

Hurmatli abituriyentlar,

Universitetimizga qabul natijalarini e’lon qilishdan mamnunmiz. Imtihon natijalari va abituriyentlar reytingidagi o’rningizni universitetimiz veb-saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali tekshirishingiz mumkin.

Shaxsiy kabinetga kirish uchun: 

  • Quyidagi ssilka bo’yicha kiring;
  • Login va parolingizni kiriting (login va parol ro’yxatdan o’tilganda yuborilgan sms xabarda ko’rsatilgan).

Yakuniy ballni hisoblash: test sinovlari uchun ball + suhbat uchun ball.


Agar abituriyentlar bir xil ball olgan bo'lsa quyidagi abituriyentlarga ustunlik beriladi:

  • Suhbatda ko’proq ball to’plaganlarga;
  • Test sinovlarini tezroq tugatganlarga;
  • Birinchi hujjat topshirganlarga.

** KIRISH IMTIHONLARINI MUVAFFAQIYATLI TOPSHIRGAN TALABALAR DIQQATIGA

Universitetimizga o’qishga kirgan talabalarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatish uchun universitet bilan shartnoma tuzishga taklif qilinadi.

Shartnoma tuzish muddati: 25 - 27 oktyabr 2022 y. 14:30 dan - 17:30 gacha.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng, 27 oktyabrga  qadar universitet bilan shartnoma tuzishi kerak. Universitet ushbu majburiyatni bajarmagan abituriyentni o‘qishga kirganlar safidan chiqarib, ro‘yxatda keyingi o‘rinda turgan abituriyent bilan shartnoma tuzish huquqiga ega.

Shartnoma tuzish muddati: 25-27 oktyabr 2022-yil.

Quyida universitet bilan shartnoma tuzishning ikkita usuli keltirilgan:



Oflayn da shartnoma tuzish Onlayn da shartnoma tuzish
(*ushbu imkoniyat toshkent shahar va toshkent viloyatidan tashqarida yashovchilar uchun mo’ljallangan)
  • Abituriyentning yonida pasport va diplom/attestatning asl nusxasi.
  • Shartnomani tuzish tartibi: dushanba - juma, 14:30-17:30.
  • Universitet manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2 ko’chasi, 38A berk (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji binosi ).
  • Mo’ljal: shahar bojxonasi.
  • Voyaga yetmagan abituriyentlar otasi yoki onasi bilan kelishlari kerak.
  • Shartnoma tuzishdan oldin abituriyentlar va ularning ota-onalariga shartnoma shartlari haqida konsultatsiya beriladi.
  • Shartnomani onlayn ro’yxatdan o’tkazish telegram orqali amalga oshiriladi.
  • Abituriyentlar telegram (@bucheon_admission) ga murojaat qilishi, F.I.SH va qabul qilingan fakultetini to’liq yozishi kerak.diplom/attestatning asl nusxasi Toshkentga kelgandan keyin taqdim etilishi shart.
  • Navbat bilan universitet xodimlari shartnoma tuzadilar va to’ldirilgan shartnomaning skanerlangan nusxasini abituriyentga yuboradilar va shartnoma shartlari bo’yicha konsultatsiya berish uchun abituriyentga telefon qiladilar.
  • Shartnomani tuzish tartibi: dushanba - juma, 14:30-17:30
  • Shartnoma shartlari bo’yicha konsultatsiya olish uchun telefon raqamlari +998(78) 150-40-02 va +998(95)1963601.
O’QISH BOSHLANISHI HAQIDA

O’qish boshlanishi: 31-oktyabr, 2022 yil.

O’qish boshlanishiga qadar HAMMA abituriyentlar 086-sonli tibbiy ma'lumotnomani olib kelishlari kerak,va u kirish suhbati boshida yig'ib olinadi.

Birinchi kun (31.10) 1-kurs talabalari uchun tanishtiruv suhbati o’tkaziladi.

  • Qayerda: Universitet bosh kampusi
  • Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2 ko’chasi, 38А berk
  • O’tkazilish joyi: faollar zali (mamuriy binoning 3 qavatida)
  • Kelish vaqti: 09:45

Kirish suhbatida Universitetda ta’limning asosiy qoidalari tushuntiriladi va professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan tanishtiriladi.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.