Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi

Hurmatli abituriyentlar,

Quyida kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi - suhbat imtihoni to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.


Suhbat imtihoni o‘tkaziladigan sana: 2021-yil 12-avgust
Suhbat imtihoni vaqti: Abituriyentlar guruhlarga bo‘linib, suhbat vaqti haqida sms-xabar orqali individual ravishda xabardor qilinadi.
O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Puchon Universiteti (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji binosi)
Universitet manzili: Toshkent, Chilonzor tumani, 17-daha,Qatortol-2 tor ko‘cha, 38A uy.
Mo‘ljal: Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, shahar bojxonasi
Eng yaqin metro bekati: Chilonzor yo‘lining “Chilonzor” bekati

Suhbat imtihoni tafsilotlari:

  • Suhbat mohiyati: suhbat umumiy psixologik xarakterga ega bo‘lib, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus fanlarga oid savollar bo‘lmaydi.
  • Javob uchun ajratilgan vaqt: suhbat vaqti qat’iy cheklangan. Javob berish uchun har bir abituriyentga ikki daqiqagacha vaqt beriladi. Agar abituriyent javobi belgilangan vaqtdan oshib ketsa, professorlar uning javobini to‘xtatishi mumkin.
  • Suhbat tili: abituriyent o‘zi uchun qulay bo‘lgan tilda javob berishi mumkin. Suhbatda universitet tarjimonlari ishtirok etishadi, zarur bo‘lsa, tarjima qilishda yordam berishadi. Javob tili bahoga ta’sir qilmaydi
  • Tashqi ko‘rinish: qat’iy belgilangan forma yo‘q. Biroq, rasmiy uslubda bo‘lgani maqul.
  • O‘zingiz bilan pasportning asl nusxasi va tibbiy niqob olib keling.
  • Koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish uchun suhbat imtihonini kutish vaqti hamda har bir guruhda abituriyentlar soni qisqartirildi.
  • Suhbat imtihoniga test sinovlarini topshirgan yoki sertifikat topshirgan talabalar qo’yiladi.

Universitet hududida o‘zini tutish qoidalari:

  • Universitet hududida va shu jumladan, suhbat vaqtida tibbiy niqobni yechish yoki tushirish qat’iyan man qilinadi. Universitet xodimlari abituriyentning shaxsini tasdiqlash uchun tibbiy niqobni yechishni so‘rashlari mumkinligi bundan isnisno;
  • Abituriyentlarga bir martalik qo‘lqoplar tarqatiladi. Universitet hududida bo‘lganda yechish qat’iyan man etiladi;
  • Suhbatdan oldin, suhbat paytida va undan keyin ijtimoiy masofani saqlash;
  • Suhbat davomida turli aloqa vositalari, tele /yoki radio-aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan man qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun +998781504002 yoki +98951963601 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma’muriyati.