O‘zbekistonning turli shaharlaridan muhbirlar yollanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi hududida yoritilayotgan Koreya Respublikasiga oid maqola, video rolik kabi ma’lumotlarni Koreya elchixonasi sayti va Fecabook, Youtube, Instagram, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtirish maqsadida O‘zbekistonning turli shaharlaridan muhbirlar yollanmoqda.

Koreyaga oid bo‘lgan ma’lumotlarni maqola yoki video rolik shaklida tayyorlab, aprel oyidan noyabr oyichaga bo‘lgan muddatda har oy ikki martadan ko‘proq yuborsangiz, elchixona sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi. Shuningdek, joriy yilning noyabr yoki dekabr oyining boshlarida eng faol bo‘lgan muhbirni mukofatlash rejalashtirilmoqda.

Boy ideyaga ega bo‘lgan va Koreyaga qiziqishi bor barcha o‘zbek do‘stlarimizdan ushbu loyihada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Loyiha nomi: «2020 Koreyaning do‘stlari»

Loyiha ishtirokchilari: Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik faoliyatini yuritayotgan, fotosurat va video roliklar yaratish, maqola yozish kabilarga ishtiyoqi baland bo‘lgan O‘zbekistonlik talabalar.

Anketa topshirish muddati : 2020-yil 28-fevral ~ 31-mart

Anketa topshirish usuli : uzkoremb@mofa.go.kr elektron pochta oqrali

Tayinlov marosimi : aprel oyining ikkinchi haftasi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: uzkoremb@mofa.go.kr

Ilova : Anketa shakli