Talabalarning birinchi qabuliga kiritilgan o'zgartirishlar

COVID - 19 ning tarqalishi va yuzaga kelgan karatin holati munosabati bilan Toshkent shahridagi Puchon Universiteti rahbariyati 2020-2021-o‘quv yili uchun talabalarning birinchi qabuli bo‘yicha qabul komissiyasining ishiga o‘zgartirishlar kiritdi.

7-apreldan boshlab quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi:

  1. Hujjatlarni qabul qilish muddati 29-mayga (juma) qadar uzaytirildi.
  2. Hujjatlarni qabul qilish faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi.
  3. Kerakli hujjatlar ro‘yxati soddalashtirildi. Hujjatlarning soddalashtirilgan ro‘yxati: pasport nusxasi, rasm (3 * 4), onlayn ariza, ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov miqdori 250, 000 so‘m.
  4. Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar boshqa hujjatlarni keyinroq taqdim etishlari kerak bo‘ladi (ro‘yxat e’lon qilinadi).
  5. Kirish imtihonlari sanalari Respublikamizdagi COVID-19 holati bilan bog‘liq bo‘lib, Davlat Test Markazi bilan kelishilganidan so‘ng oldindan e'lon qilinadi.
  6. Keyingi kiritiladigan o‘zgartirishlar universitetning barcha rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi.