Toshkent shahridagi Puchon universiteti Ma'muriyatining talabalarga rasmiy murojaati
Hurmatli talabalar!
Toshkent shahridagi Puchon universiteti barchamiz uchun murakkab kechayotgan hozirgi sharoitda Siz va sizning oilangizga sog‘liq, tinchlik hamda farovonlik tilaydi.
Sizga Toshkent shahridagi Puchon universiteti tomonidan ko‘rsatilgan ta'lim xizmatlari uchun to‘lanadigan to‘lov muddati karantin munosabati bilan 2020-yilning 3-iyuliga qadar uzaytirilganini ma'lum qilamiz. Shunga ko‘ra, Puchon universiteti ma'muriyati Sizdan ko‘rsatilgan muddatga qadar to‘lovni amalga oshirishingizni so‘raydi. Qarzdorlik summasi to‘lanmagan holda Siz universitet talabalari ro‘yxatidan chiqarilasiz (bunda faqatgina yangi 2020-2021 o’quv yilining ochiq kvota bo‘lgandagina o‘qishga qayta tiklanish mumkin). Oqibatda, 2019-2020-o‘quv yili, ikkinchi dagi semestrdagi akademik natijalaringiz bekor qilinadi. Bu, Siz joriy semestrdagi fanlarni, kelasi yili qaytadan o‘qishingiz lozimligini anglatadi.
Agar sizning moliyaviy ahvolingiz joriy semestr uchun qarzdorlikni to‘lashga imkon bermasa, akademik ta'til olishingiz mumkin. Bu holatda ham, 2019-2020-o‘quv yili ikkinchi semestr ta'lim natijalaringiz bekor qilinadi va o‘qishni akademik ta'tildan so‘ng 2020-2021-o‘quv yilining ikkinchi semestri(2021-yil fevral oyi)dan boshlaysiz. Bunda Siz tomondan 2019-2020-o‘quv yili ikkinchi semestr uchun shartnoma pulining bir qismi sifatida to‘langan summa qaytarilmaydi va kelasi yil hisobiga o‘tkazilmaydi.
Agar moliyaviy holatingiz nafaqat joriy semestr, balki 2020-2021-o‘quv yilining ikkinchi semestri uchun ham to‘lovni amalga oshirishga imkon bermasa, Toshkent shahridagi Puchon universiteti Sizga joriy semestr uchun to‘lovni amalga oshirish ilojini topish, shundan so‘ng bir yillik akademik ta'til olishni tavsiya qiladi. Bunda Sizning 2019-2020-o‘quv yili ta'lim natijalaringiz saqlanib qoladi, o‘zingiz esa keyinchalik yuz berishi mumkin bo‘lgan moliyaviy muammolar hamda vaqtning behuda sarflanishini chetlab o‘tgan bo‘lasiz.
Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon universiteti ma'muriyati
Download
Читать дальше
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год
-
Объявление для
студентов
первого курса
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год
-
Объявление для
студентов
первого курса
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год