Toshkent shahridagi Puchon Universiteti sirtqi bo’limi.

22/11/21, 15:44

2021-yil 22-noyabrdan 10-dekabrgacha Toshkent shahridagi Puchon Universiteti qabul komissiyasi sirtqi bo’limga abituriyentlar qabulini o’tkazadi.

Umumiy ma’lumot

fakultet nomi
shartnoma summasi o’qish muddati ta’lim tili
1 maktabgacha ta’lim 1 100$ 3 yil rus/o’zbek
2 arxitektura 1 400$ 4 yil rus/o’zbek
3 biznes boshqaruvi 1 400$ 4 yil ingliz

Qabul shartlari:

  • Sirtqi bo’limida kirish imtihonlari o’tkazilmaydi.
  • Reyting attestat/diplom baholariga qarab tuziladi. Bir xil baholar yigilgan holatda, ustunlik ko’proq ish tajribasiga ega bo'lgan nomzodlarga beriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport nusxasi;
  • O'rta ma'lumot to'g'risidagi attestat/diplom nusxasi;
  • Attestat/diplom baholar ilovasi nusxasi;
  • Ish beruvchining tavsiyanomasi (tashkilot blankida, matn erkin shaklda);
  • Mehnat faoliyati to'g'risidagi ЕНСТ (YMMT) dan ko'chirma;
  • 3x4 rasm;
  • 100.000 so’m ro’yxatdan o’tish to’lovi.

Muhim: Hujjatlardan tashqari abituriyentlar tegishli sohada kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.

Hujjatlarni qabul qilish shartlari:

  • o’rta ma’lumotning mavjudligi;
  • tanlangan yo’nalish bo’yicha ish tajribasining mavjudligi;
  • tanlangan yo’nalish bo’yicha joriy bandlik.


Hujjatlarni topshirish tartibi:

Hujjatlarni topshirish offline va online tarzda amalga oshiriladi.

Hujjatlarni offline topshirish uchun ushbu manzilga kelishingiz mumkin: Toshkent, Chilonzor tumani, 17-mavze, Qatortol-2 ko’chasi, 38А uy (sobiq Y.Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji, mo’ljal: shahar bojxonasi, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti).

Qabul vaqti: dushanba - shanba, 10:00 - 17:00.

Hujjatlarni online topshirish uchun:

  • universitet saytida (www.bucheon.uz) telefon raqamni tasdiqlash;
  • shaxsiy kabinetda ariza to’ldirish va barcha kerakli hujjatlarni yuklash;
  • ro’yxatdan o’tish to’lovini bank, “Apelsin” ilovasi orqali yoki Universitetda amalga oshirish;
  • shaxsiy kabinetga to’lov kvitansiyani joylashtirish.

Universitet xodimlari muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida abituriyentga xabar beradi.

Arizalarni online yuborish jarayoni 24 soat ishlaydi.

Yuborilgan hujjatlarni ko'rib chiqish dushanbadan shanbagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.


Darslarning o’tkazilish tartibi:

Darslar yanvar va iyun oylarida offline tarzda o’tkazilinadi (3 haftadan, dushanbadan jumagacha).

O’qishni tugatish va diplom.

Sirtqi bo‘limda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga Toshkent shahridagi Puchon Universitetining bakalavr diplomi beriladi.

Savollar bo’yicha qabul komissiyasiga murojaat qiling: +998781504002, +998951963601.