Toshkentdagi Puchon universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti yo`nalishlariga o`qituvchilar uchun tanlov e`lon qiladi

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  • magistr darajasi yoki undan yuqori ilmiy daraja;
  • ushbu sohada professional malaka;
  • IT sohasida 2 yildan ortiq tajriba;
  • rus va o'zbek tillarini bilish.

“Elektron biznes” yo‘nalishi o‘qituvchilari uchun Python tilida dasturlash va veb-dizayn bo‘yicha bilimlar.

“Axborot texnologiyalari” yo‘nalishi o‘qituvchilari uchun raqamli texnologiyalar, ma’lumotlarni uzatish, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilimlar.

"Multimedia va o'yin kontenti" yo‘nalishi o'qituvchilari uchun raqamli grafika va o'yin kontenti bo‘yicha tajriba.

Shartlar:

  • Ish vaqti: dushanba-juma, 09:00-18:00.
  • Tushlik tanaffusi: 12:00-13:00.
  • Ish haqi miqdori har bir nomzod bilan suhbatda muhokama qilinadi.

20-oktabrgacha rezyume (ingliz tilida) yuborishingiz mumkin.
Pochta: info@bucheon.uz
Telefon: 78 150 40 02, ichki 430.
Aloqa uchun mas'ul: Yulia.