Toshkent shahridagi Puchon universiteti O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini malaka oshirish kurslariga taklif etadi

2022-yildan boshlab Toshkent shahridagi Puchon universitetida Koreya Respublikasi metodikasi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Maktabgacha talim sohasida kadrlar malakasini oshirish uzluksiz ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga mos keladi.

Toshkent shahridagi Puchon universitetida ta’limning asosiy tamoyili talabaning qiziqishi va faolligidir.

Qoshimcha kasbiy pedagogik ta'lim tizimini rivojlantirishning yetakchi tendensiyalari quyidagilardir:

• malaka oshirish dasturlarini tanlashda talabalarning ongliligi va maqsadga muvofiqligi;

• amaliyotga yonaltirilgan dasturlarga ehtiyoj;

• o‘qitishning interfaol metodlaridan maksimal darajada foydalanish.

 

O‘qitish 144 soat hajmida bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish formatida (ishdan uzluksiz holda) amalga oshiriladi.

O‘qitish muddati: 1 oy.

Kunlar: haftada 6 kun.

Vaqt: 16:30 - 20:30

Manzil: Toshkent shahridagi Puchon universiteti (Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi 2, 38A uy).

O‘qitish rus tilida amalga oshiriladi

Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi hujjat bo‘lgan malaka sertifikati beriladi.


Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

- ariza;

- pasport / ID karta nusxasi;

- 3x4 o’lchamdagi fotosurat (4ta);

- oliy/o‘rta-maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- ish joyidan malumotnoma.

Hujjatlar onlayn (prof_develop_course@bucheon.uz elektron manziliga yuborilishi) va offlayn formatda (Puchon universiteti, A binosi, Professional ta’lim markazi, 415-xona) topshirilishi mumkin.

Ish vaqti: dushanba - juma, 09:00 - 18:00.

 

Murojaat uchun:

E-mail: prof_develop_course@bucheon.uz

Tel.: +(998)95-799-15-51

Telegram: +(998)95-799-15-51 https://t.me/butprofedu