Axborot texnologiyalari fakulteti uchun 2-bosqich kirish imtihonlari - suhbat

Hurmatli abituriyentlar,
Toshkent shahridagi Puchon universiteti rahbariyatining qaroriga muvofiq, Axborot texnologiyalari, Multimedia va o‘yin kontenti hamda elektron biznes fakultetlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ikkinchi bosqich kirish imtihonlarining quyidagi tafsilotlari tasdiqlandi.
Iltimos, e'lonni diqqat bilan o'qing.


*O’zingiz bilan pasport/ID karta asl nusxasini olib kelishingiz shart.

Suhbat imtihoni o‘tkaziladigan sana: 21-oktyabr (juma) 2022.
Suhbat imtihoni vaqti: Abituriyentlar guruhlarga bo‘linib, suhbat vaqti haqida sms-xabar orqali individual ravishda xabardor qilinadi.
O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.
Universitet manzili: Toshkent, Chilonzor tumani, 17-daha,Qatortol-2 tor ko‘cha, 38A uy.
Mo‘ljal: “Mevazor” mahallasi, shahar bojxonasi.
Eng yaqin metro bekati: Chilonzor yo‘lining “Chilonzor” bekati.


Suhbat imtihoni tafsilotlari:

  • Maksimal ball: 60 ball
  • Suhbat mohiyati: suhbat umumiy psixologik xarakterga ega bo‘lib, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus fanlarga oid savollar bo‘lmaydi.
  • Javob uchun ajratilgan vaqt: suhbat vaqti qat’iy cheklangan. Javob berish uchun har bir abituriyentga uch daqiqagacha vaqt (uning ichiga tarjima ham kiradi) beriladi. Agar abituriyent javobi belgilangan vaqtdan oshib ketsa, professorlar uning javobini to‘xtatishi mumkin.
  • Suhbat tili: abituriyent o‘zi uchun qulay bo‘lgan tilda javob berishi mumkin. Suhbatda universitet tarjimonlari ishtirok etishadi, zarur bo‘lsa, tarjima qilishda yordam berishadi. Javob tili bahoga ta’sir qilmaydi.
  • Tashqi ko‘rinish: qat’iy belgilangan forma yo‘q. Biroq, rasmiy uslubda  bo‘lgani maqul.

*Suhbat davomida turli aloqa vositalari, tele /yoki radio-aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan man qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun +998781504002 yoki +98951963601 raqamlariga qo’ng’iroq qiling.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma’muriyati.