YUNESKOning Maktabgacha ta’lim bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi arafasida 150 davlatdan iborat delegatsiya Toshkentdagi Puchon universitetiga tashrif buyurdi

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad butun O‘zbekistonni obodonlashtirishga qaratilgan milliy loyiha – “Yashil Makon” dasturini amalga oshirish doirasida daraxt ko‘chatlari ekishga bag‘ishlangan tantanali marosimi bo‘ldi.

Tadbir dasturidan mehmonlarni Koreya Respublikasining Pichon universiteti va Toshkentdagi Puchon universiteti rahbariyati bilan tanishtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shinning tabrik so‘zi o‘rin olgan.



Shundan so‘ng, mehmonlarga universitet hovlisida bo‘lajak “Vazirlar xiyoboni” ko‘rsatilib, ular o‘zlariga yoqqan kichik hududlarni tanlab oldilar. Jarayonda ko‘ngilli talabalar va ishchilar mehmonlarga archalarni ekishda faol yordam berdilar.



Yakunda mehmonlarga esdalik sovg‘alari va fotosuratlar taqdim etildi, shuningdek, universitetga o‘z tilaklarini yozma ravishda qoldirish taklif qilindi.