Koreys tili va menejment fakultetining ilk bitiruvchilari Koreyaning Puchon universiteti bakalavr diplomini oldilar.

Koreys tili va menejment fakultetining ilk bitiruvchilari Li Nikolay va Shokirxonov Akbarxonlar 2021-yilda Koreyaning Puchon universitetida 2+2 tizimi bo‘yicha o‘qishni davom ettirishga qaror qilgandilar.

Ilm olish uchun uzoq yo‘l bosib o‘tib, katta ishlarni amalga oshirgan va malakali mutaxassis bo‘lib yetishgan Nikolay va Akbarxon universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, Koreyaning Puchon universiteti bakalavr diplomini oldilar.

Biz talabalarimiz bilan faxrlanamiz va ularga kasbiy faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!