"Miryan Arirangning tiklanishi" 64-xalqaro konferensiyasi

Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Ta’lim markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi vakillarining ishtiroki tashkil etildi.


Ushbu konferensiyada Toshkent shahridagi Puchon universiteti vakili sifatida xalqaro bo‘lim boshlig‘i Kim Oksana Savelyevna ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasida koreys madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi va universitetimiz faoliyati haqida so‘zlab berdi.


Konferensiya dasturidan madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mahorat darslari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish kabi masalalar o‘rin olgan.

Shuningdek, anjuman doirasida Miryan shahar hokimi va Toshkent shahridagi KRTM direktori hamda o‘rindoshlik asosida madaniy turizm jamg‘armasi raisi Im Yongsu o‘rtasida Memorandum imzolandi.