BUT talabalarining Bo'ka shahridagi bolalar uyiga tashrif buyurishi

2019-yilda BUT talabalar Toshkent viloyatidagi Bo'ka shahridagi 15-mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi. "Yaxshilik ulash" guruhi orqali bu tadbir haqida biilib, bir guruh BUT o'quvchilar tashabbus ko'rsatdilar. Universitet xodimlari va o'quvchilarning yordami bilan bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun o'yinchoqlar, ish yuritish materiallari va sovg'alar sotib olish uchun mablag'lar ajratildi. Talabalar bolalar uchun mo'ljallangan dastur tayyorladilar, bolalar bilan birgalikda qo'shiqlar va raqslarni o'rganishdi, kichik sport bayramlarini tashkil etdilar.