Toshkent shahrining 57-maktabiga tashrif

Yangi semestr boshlangunga qadar, 2019 yil 28-fevral kuni BUT talabalari va xodimlari Toshkentdagi 57-maktabga tashrif buyurdilar. Universitet faollarining tashabbusi bilan maxsus ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun maktabga ixtiyoriy safar uyushtirildi. Talabalar maktab o'quvchilari uchun turli xil dasturlarni tayyorladilar. Universitet faollari bolalarni narsalar yasashga o'rgatishdi, ular bilan birga rasmlar chizdilar, qo'shiqlarni o'rgatdilar va o'yin shaklida yangi so'zlarni o'rgandilar. Maktab va universitet ko'ngillilarining hayotida yana bir muhim tajriba bo'ldi.