BOLAKADEM.UZ raqamli platformasi - maktabgacha ta'lim pedagoglarining kasbiy rivojlanishlari uchun innovatsion resurs» mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi “Toshkent shahrini maktabgacha ta’lim tizimi rivojlangan namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 229-sonli qarori ijrosi bo‘ldi.


Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi Rizayeva Xusniya Ubayevna tomonidan “BOLAKADEM.UZ raqamli platformasi – maktabgacha ta’lim pedagoglarining kasbiy rivojlanishlari uchun innovatsion resurs” mavzusidagi taqdimot o‘tkazdi.




Shuningdek, seminar davomida mehmonlar Toshkentdagi Puchon universiteti faoliyati va oliy ta’lim muassasasi negizida faoliyat yuritayotgan malaka oshirish kurslari bilan yaqindan tanishdilar.