Bugun Shavkat Mirziyoyev BMTda chiqish qiladi. Prezident avvalgi nutqida ilgari surgan va amalga oshgan tashabbuslar sanab o‘tildi
Bugun, 23 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zga chiqadi. Unda davlat rahbari mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash kabi masalalarda o‘z tashabbuslarini ilgari surishi kutilmoqda.
Videoanjuman shaklida o‘tadigan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyevning chiqishi Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga to‘g‘ri keladi.
Nuqt oldidan «Yuksalish» umummilliy harakati prezident tomonidan 2017 yil sentyabrida, BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surilgan va amalga oshirilgan tashabbuslarni sanab o‘tdi.
- «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi tashkil etildi (2018 yil 27 mart);
- Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvlari o‘tkazildi. BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasi qabul qilindi (2018 yil 22 iyun);
- Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasiga asos solindi (2018 yil 27 noyabr);
- BMT Bosh Assambleyasining «Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik» haqidagi rezolyutsiyasi qabul qilindi (2018 yil 12 dekabr);
- Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya loyihasi ishlab chiqildi. U inson huquqlari bo‘yicha ikkinchi Samarqand veb-forumida muhokama qilindi (2020 yil 12-13 avgust).
Orol muammosi
Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridagi avvalgi nutqida dunyo hamjamiyati e'tiborini yana bir bor bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri — Orol halokatiga qaratgan edi.
Davlat rahbari dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa'y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etayotganini ta'kidladi.
2018 yil 27 noyabrda Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasi tashkil etildi.
Afg‘oniston muammosi
Prezident 3 yil oldingi nutqida Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish zarurligini ta'kidlagandi.
2018 yil 27 mart kuni «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik haqidagi rezolyutsiya
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazish muhimligini ta'kidlagandi.
Davlat rahbari sessiyada BMT Bosh Assambleyasining «Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan chiqqandi. Hujjatning asosiy maqsadi — barchaning ta'lim olish huquqini ta'minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat.
2018 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi ushbu rezolyutsiyani qabul qildi.
Markaziy Osiyodagi birdamlik
O‘zbekiston prezidenti o‘sha nutqida «O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda», — deya ta'kidlagan edi.
2018 yil 22 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘z olgan Shavkat Mirziyoyev yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi «virusi» tarqalishining oldini olish ahamiyatini ta'kidlagandi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat — BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etmoqda.
O‘zbekiston prezidenti BMT minbarida ilk marta o‘zbek tilida nutq so‘zlaydi
Читать дальше
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год
-
Объявление для
студентов
первого курса
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год
-
Объявление для
студентов
первого курса
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год