Toshkentdagi Puchon universiteti kutubxonasi ochilganiga bir yil bo‘ldi

4-oktabr kuni Toshkentdagi Puchon universiteti kutubxonasi ochilganiga bir yil bo‘ldi.


Qisqa vaqt ichida biz universitetning ko'plab talabalari uchun sevimli muhitni yaratishga muvaffaq bo'ldik.

Kutubxonaga har kuni 250 ga yaqin foydalanuvchilar keladi. Bu joy topshiriqlarni bajarish, mustaqil ta'lim olish, suhbat klublari, ko'rgazmalar o'tkazish va filmlarni tomosha qilish uchun qulay maskan.


Talabalarimiz talablarini inobatga olgan holda rus va o‘zbek tillarida zamonaviy badiiy va o‘quv adabiyotlarining navbatdagi turkumi olib kelinishini kutyapmiz.