KOREYS TILI VA O'ZBEKISTONDAGI ILMIY TADQIQOTLAR

2022-yil 11-yanvar kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetida filologiya fanlari doktori (DSc), professor Kim Natalya Dek-henovnaning (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, koreys filologiyasi kafedrasi) ilmiy-metodik seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda koreys tilshunosligi sohasidagi ilmiy ishlar, koreysshunoslikning dolzarb masalalari haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda koreys tilini o‘rganish muhimligi, respublikada koreys tilini o‘qitish sharoitiga moslashtirilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash muhimligi ta’kidlandi. Toshkent shahridagi Puchon universiteti yosh o‘qituvchilari uchun PhD va DSc darajalari, mutaxassislik yo‘nalishlari va dissertatsiya ustida ishlash usullari bo‘yicha materiallar tayyorlandi.