Puchon universitetida QVZ

Universitetimizda turli oliy ta'lim muassasalarining 6 ta jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik QVZ o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O'yinda quyidagi jamoalar ishtirok etdi:

1. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetining “Shovvozlar” jamoasi.

2. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Targ‘ibot” jamoasi.

3. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “A’lo” jamoasi.

4. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)ning “Pozitiv” jamoasi.

5. Toshkent davlat transport universitetining “Afrosiyob” jamoasi.

6. Toshkent shahridagi Puchon universitetining “Bumerang” jamoasi.



Ushbu o‘rtoqlik bellashuvi Xalqaro talabalar kuniga bag‘ishlandi. Jamoalarga qiziqish va faol ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz!