Toshkent shahridagi Puchon universiteti hamda Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi davlat unitar korxonasi, shuningdek, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi



Memorandumlarni imzolashdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim, shuningdek axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida koʻproq imkoniyatlar yaratish, axborot texnologiyalari boʻyicha umumiy dasturlarni amalga oshirish va hamkorlikning samarali shakllarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni hayotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan sheriklik munosabatlarini oʻrnatish va uzoq muddatli, samarali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.


Biz uzoq muddatli va samarali hamkorlikdan umid qilamiz!