Toshkentdagi Puchon universiteti va O‘zbekiston kendo federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Ushbu memorandum o‘zaro hamkorlikni yaxshilash, tajriba almashish, qo‘shma sport va madaniy tadbirlar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish orqali madaniyat, sport va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida imzolandi. Uchrashuv natijasiga ko‘ra, tomonlar universitetimiz hududida "Kendo" bo‘yicha to‘garak ochishga kelishib oldilar. Memorandumni Toshkentdagi Puchon universiteti tomonidan universitet rektori Nam V.V., federatsiya tomonidan Kim S.R. imzoladi.

Toshkentdagi Puchon universiteti uzoq muddatli va samarali hamkorlikka umid qiladi.