Axborot texnologiyalari sohasida yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar mavzusida tadbir

Axborot texnologiyalari sohasida yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar mavzusida tadbir

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan jadvalga muvofiq joriy yilning 16-yanvar kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetining asosiy binosida universitet talabalari bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik Xolmatov Bekmirza Xolmaxmudovich ishtirokida tadbir oʻtkazildi.

“Yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida oʻtkazilgan mazkur tadbir jarayonida universitetning faollar zalida sirtq boʻlim talabalari uchun huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid ma’ruza tinglandi, videoroliklar namoyish etildi hamda suhbatlar tashkil etildi.