“Ilmiy daraja (PhD) olish uchun yoziladigan dissertatsiya: uslubiy ko’rsatmalar” mavzusida ilmiy-metodik seminar o‘tkazildi

Bugun Toshkent shahridagi Puchon universitetida Fan va innovatsiyalar markazi tashabbusi bilan seminar bo‘lib o‘tdi. Filologiya fanlari doktori, professor N. D. Kim ma'ruzachi sifatida qatnashdi. Seminarda universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilari, boshqa oliy o‘quv yurtlarining yosh olimlari, doktorantlari va magistrantlari ishtirok etdilar.


Seminar doirasida quyidagi mavzular ko‘rib chiqildi:

1. Dissertatsiya nima? Dissertatsiya yozishga qo’yiladigan talablar.

2. Tadqiqotning dolzarbligi, talabgirligi, obyekti va predmeti.

3. Nashrlar. Maqolalar va tezislar. Maqola qanday yozilishi kerak?

Seminar davomida universitet rektori Viktor Veniaminovich Nam yosh olimlar jamiyatini tuzish taklifini bildirdi. Shuningdek, seminar so‘nggida savol-javob o‘tkazilib, unda har bir mavzu seminar ishtirokchilarining ilmiy ishlari doirasida ko‘rib chiqildi.