Navruz party

Navro’z bayrami munosabati bilan Olmazor tumanidagi Zeb Ziynat tantanalar zalida 2019-yil 30-mart sanasida BUT talabalari bayram tashkillashtirdilar. Bu bayram talabalarning tashabbusi bilan bo’lganligi bois ular zavq-shavq bilan bayram tayyorgarligi va tashkillashtirish ishlari bilan shug’ullandilar. Turli ko’ngilochar dasturlar ham tayyorlandi: jahonning turli xalqlari raqslari, milliy va koreys ruhidagi sahna ko’rinishlari.  Shuningdek, talabalar o’zining energetikasi va ajoyib ohanggi bilan hamma tomoshabinlarni xursand qilgan qo’shiq va raqs namoyishlarini ham tayyorlashdi. Barcha namoyishlar rang-barang va ajoyib bo’ldi. Bu bayram tadbirida universitet barcha professorlari, shuningdek xodimlar va mehmonlar ham ishtirok etdi. Umumiy hisobda bu bayram tadbiriga qariyb 300 kishi qatnashdi.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon universiteti ma’muriyati.